Germaniya terma jamoasi mashg'ulotidan FOTOGALEREYA

22 mar 2018, 14:54
Germaniya terma jamoasi Dyusseldorf shahridagi qarorgohda Ispaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Yoaxim Lyov boshchiligida nemis mashinasi ertaga Dyusseldorfdagi "Fortuna" jamoasining "Esprit Arena" stadionida Ispaniya terma jamoasi bilan o'rtoqlik bahsida maydonga tushadi.

Lyov ushbu o'rtoqlik o'yiniga 23 nafar futbolchini taklif etgan. Germaniyaning asosiy posboni va sardori Manuel Noyer jarohati bois terma jamoadan chaqiruv olmagan. Shuningdek, Lyov ushbu yig'inga "Borussiya" Dortmund klubidan hech kimni taklif etmagan. Xususan Marko Roys (jarohatidan tiklanayotgani uchun) hamda Mario Gyotce ham Ispaniya va Braziliya terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatidan tushib qolishdi.

Darvozabonlar: Mark-Andre ter Stegen (Barselona), Bernd Leno (Bayer), Kevin Trapp (PSJ)

Himoyachilar: Djerom Boateng, Mats Xummels, Yozua Kimmix, Niklas Zyule (barchasi – Bavariya), Yonas Xektor (Keln), Mattias Ginter (Borussiya Menxengladbax), Antonio Ryudiger (Chelsi), Marvin Plattenxardt (Gerta);

Yarim himoyachilar: Toni Kroos (Real), Mesut Ozil (Arsenal), Tomas Myuller, Sebastyan Rudi (ikkisi  – Bavariya), Sami Xedira (Yuventus), Emre Djan (Liverpul), Yulian Draksler (PSJ), Ilkay Gyundogan (Manchester Siti), Yulian Brandt (Bayer), Leon Goretcka (Shalke);

Hujumchilar: Mario Gomes (Shtutgart), Leroy Sane (Manchester Siti), Timo Verner (RB Leyptsig), Sandro Vagner (Bavariya), Lars Shtindl (Borussiya Menxengladbax).


Germaniya terma jamoasining mashg'ulotidan foto lavhalarni taqdim etamiz:

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia