Germaniya Kubogi yarim final va final o'yinlari o'tadigan sana ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
11 may 2020, 21:13
Germaniya futbol uyushmasi mamlakat kubogi doirasidagi o'yinlar borasida ma'lum berdi.

Unga ko'ra, turnirning yarim final o'yinlari 9 va 10 iyun kunlari bo'lib o'tadi. Sovrin topshiriladigan final bahsi esa 4 iyul kuniga belgilangan.

Eslatib o'tamiz, yarim finalda "Bavariya" - "Ayntraxt" va "Saarbryukken" - "Bayer" juftligi o'rin olgan.

Oldinroq Germaniya Bundesligasi 16 may kunidan qayta davom etishi rasman ma'lum qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild