Germaniya chempionati. Kramarichning xet-triki “Xoffenxaym”ga g'alaba keltirdi

28 apr 2018, 01:40
Bundesliganing 32-turida “Xoffenxaym” o'z uyida “Gannover-96”dan ustun keldi.

Mezbonlar tarkibida xorvatiyalik hujumchi Andrey Kramarich xet-trikka erishgan bo'lsa, mehmonlarning yagona goliga Kean Karaman mualliflik qildi.

Ushbu g'alabadan keyin “Xoffenxaym” 52 ochko bilan 4-o'rinda borayotgan bo'lsa, “Gannover-96” 36 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia