

Mezbonlar tarkibida xorvatiyalik hujumchi Andrey Kramarich xet-trikka erishgan bo'lsa, mehmonlarning yagona goliga Kean Karaman mualliflik qildi.
Ushbu g'alabadan keyin “Xoffenxaym” 52 ochko bilan 4-o'rinda borayotgan bo'lsa, “Gannover-96” 36 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi.



