Gennadiy Kochnev: “Sho'rtan” rahbarlari klubni jazolanmasligi uchun izlanishmoqda”

Narzulla Saydullayev
21 okt 2017, 20:18
“Bunyodkor” – “Sho'rtan” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida g'uzorliklar ustozi ishtirok etdi.
- Yana mag'lubiyatga uchradik, izoh berishga ojizman. Uchrashuvning 15-daqiqasida gol o'tkazib yubordik va tashabbusni to'la-to'kis raqibga berib qo'ydik. Keyin ikkinchi golni olib chiqdik. Tanaffusda yigitlar bilan gaplashib, o'yin uslubimizni o'zgartirgandik. Natijada gol urdik, hisobdagi farqni qisqartirdik. Qolaversa, o'yinimiz ham biroz jonlangandi. Afsuski, standart vaziyatidan uchinchi golni qo'yib yubordik. Undan keyin hech narsani o'zgartira olmadik. “Bunyodkor” o'yinni to'liq nazoratiga oldi. “Bunyodkor” mahorat evaziga g'alaba qozondi. “Sho'rtan”ning keyingi taqdiri haqida aniq ma'lumot bera olmayman. Lekin shuni bilamanki, jamoamiz rahbarlari klubni jazolanmasligi uchun bor imkoniyatlarini ishga solishgan, - deydi Gennadiy Kochnev.

"Bunyodkor" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia