G'ayrat Hasanov Farg'ona futbol akademiyasida ish boshladi

Narzulla Saydullayev
25 noya 2019, 10:05
O'z davrining mashhur posboni G'ayrat Hasanovni barchangiz yaxshi taniysiz albatta. Saytimiz muxbiri sobiq posbon bilan bog'lanib, intervyu tashkil etdi.

- Salom G'ayrat aka! Sizni ayni damda Farg'ona futbol akademiyasida faoliyat olib borayotganligingiz haqida eshitdik. Shu haqida ma'lumot bersangiz...
- Ha bu to'g'ri. Hozirda chindan ham 6 oydan buyon Farg'ona futbol akademiyasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqdaman.

- Barchamiz uchun qiziq savol. G'ayrat Hasanovning birinchi murabbiyi kim bo'lgan?

- Birinchi murabbiyim Alisher Sulaymonov bo'lgan. Futbol sir-asrorlarini dastlab Alisher akadan o'rganganman.

- Futbolchilik faoliyatingiz davomida qaysi jamoalar safida o'ynagansiz?

- Futbolchilik faoliyatim davomida "To'qimachi", "Quva", "Cementchi", "Xorazm", "Andijon", “Nasaf", "Neftchi" va "Qo'qon-1912" jamoasi safida harakat qilganman.

- Joriy mavsum avvalida sizni “Iftixor" jamoasida murabbiy sifatida ko'rgandik. Lekin negadir bu jamoadagi faoliyatingiz uzoqqa cho'zilmadi...

- Bilasizmi, men har doim o'z oldimga faqat yuqori maqsadlarni qo'yaman, shunga intilaman va harakat qilaman. "Iftixor" ning kelajak uchun rejalari menga yoqmadi va jamoa bilan do'stona xayrlashdik.

- Muxlislaringizga tilaklaringiz...

- Muxlislik madaniyati borasida o'zbek futbol ixlosmandlariga etadigani yo'q. Farg'onalik muxlislar esa men uchun hamisha birinchi raqamli bo'lib qoladilar.


Bekzod Tolibov suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia