Gavi maydonga qaytishi haqida: "Flik doimo men bilan birga edi, xuddi otamdek"

Sherzod Nurmatov
16 mar 2026, 13:33
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi tibbiy muolajadan keyin maydonga qaytgani haqida fikr bildirdi.

Gavi Ispaniya chempionatidan o'rin olgan "Sevilya"ga qarshi o'yin (5:2) 92-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. U so'nggi marta 2025 yil 23 avgust kuni "Levante"ga qarshi uchrashuvda (3:2) o'ynagandi.

"Bu juda qiyin bo'ldi, hatto o'tgan safargidan ham og'irroq. Bu eng og'riqli jarayon edi va kundalik hayot ham qiyin kechdi. "Kamp Nou"dagi muhit, o'z odamlarim va muxlislar bilan birga bo'lishni his qilish - buni so'z bilan ifodalab bo'lmaydi, juda baxtliman. Xans Flik doimo men bilan birga edi, xuddi otamdek. Undan juda minnatdorman. U har doim menga ishongan", – dedi 21 yoshli futbolchi.

Gavi 2025 yilning sentyabrida o'ng tizzasidagi meniskni davolash uchun artroskopiya amaliyotini o'tkazgan. U jamoasining 40 ta o'yinini o'tkazib yubordi. 2025/26 yiogi mavsumda esa 3 ta o'yinda 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca