Gavi "Barselona" klubi rekordini o'rnatdi

Sherzod Nurmatov
5 sen 2023, 10:49
"Osasuna"ga qarshi o'yin (2:1) Gavi uchun "Barselona" safida barcha turnirlardagi 100-o'yin bo'ldi.

Shunday qilib, iqtidorli yarim himoyachi 19 yoshu 27 kunligida bu ko'rsatkichga eng tez erishdi va klub rekordini o'rnatdi.

Avvalgi rekordchi Boyan Krkich (19 yosh, 2 oy va 24 kun) edi. Shuningdek, kuchli beshlikdan Pedri (20 yosh, 2 oy va 4 kun), Ansu Fati (20 yosh, 5 oy va 16 kun) va Lionel Messi (20 yosh, 8 oy va 3 kun) joy olgan.

Gavi "Barselona" safida 100 ta uchrashuvda 6 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U jamoaga 2023 yilda La Liga va Ispaniya Superkubogini yutishda yordam berdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es