Boyan Krkich yana Yevropaga qaytishi kutilmoqda

Eldor Akmurzayev
26 dek 2020, 20:10
“Monreal Impekt” forvardi Boyan Krkich faoliyatini Liga 1'da davom ettirishga yaqin.

U hozirda Fransiyada bo'lib turibdi va bir necha klublar bilan muzokara o'tkazmoqda. Krkichning MLS vakili bilan shartnomasi 31 dekabrda o'z nihoyasiga etadi va u kelishuvni uzaytirmoqchi emas.

30 yoshli ispaniyalikni “Sent-Eten” o'z safiga qo'shib olish uchun asosiy davogar hisoblanmoqda.

Boyan o'tgan mavsum MLSda 29 o'yinda qatnashib, 7 ta gol urdi. Avvalroq, u “Barselona”, “Milan” va “Roma” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: L'Equipe