Gattuzo: "Qachondir "Milan"ga murabbiy sifatida qaytaman"

Aziz Tukhtamuradov
16 apr 2014, 09:58
"Milan" jamoasining sobiq yarim himoyachisi Jennaro Gattuzo qachondir jamoaga murabbiy sifatida qaytishni istashini aytib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, 36 yoshli futbolchi "Milan" safida 1999-2012 yillar davomida harakat qilgan. Keyinchalik esa, Shveytsariyaning "Son" jamoasi safiga borib qo'shilgan edi. Italiya terma jamoasi safida esa 2000-2010 yillar davomida maydonga tushgan.

O'ylaymanka, kun kelib "Milan"ga qaytaman. Murabbiy sifatida. Chunki, bu jamoa mening uyim xisoblanadi. Men ko'plab takliflarni rad etganman.

Zeedorfning doimo istefo xavfi ostida bo'lishi noto'g'ri. Lekin, "Milan"dek jamoa Yevropa maydonlarida o'ynashi zarur", - deb aytib o'tdi Gattuzo Italiya OAVlariga bergan intervyusida.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com