Gattuzo: "Iguain "Milan"ga o'yini sifatini o'stirishga yordam beradi"

Aslanov Jasurbek
4 avg 2018, 21:13
"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Yuventus"dan xarid qilingan Mattia Kaldara va Gonsalo Iguain transferi haqida fikr bildirdi.

"Baxtliman. Iguain va Kaldara - muhim futbolchilar. Mattia - yosh futbolchi, Gonsalo sifatlari haqida hamma yaxshi biladi. Yangi futbolchilar o'zini qulay his qilishi uchun hamma ishni qilishimiz kerak. Shunda ular bizga bor kuchi bilan yordam beradi.

"Milan" - hech qachon taslim bo'lmaydigan jamoa. Iguain "Milan"ga o'yini sifatini o'stirishga yordam beradi" - deydi Gattuzo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia