

"Antuan Grizmann fransiyalik ajoyib futbolchi hisoblanadi va u bilan ko'p gol urishimizga ishonaman. Hozircha u menga qo'ng'iroq qilgani yo'q, Antuan tatilda.
"Atletiko"dek buyuk klubga o'tganimdan xursandman. Diego Simeone bilan telefon orqali suhbatlashdim va u menga bizni ajoyib mavsum kutayotganini aytdi. Menga "Atletiko"ning jamoaviy ruhi yoqadi. Yaqin yillar ichida bu yerda ko'p narsaga erishaman deb o'ylayman. Qaror qabul qilishda shubahaga borganim yo'q" - deydi Gameyro.


