

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 45 yoshli argentinalik uchun Urugvay terma jamoasi da'vogarlik qilmoqda.
Mamlakat futbol federatsiyasi mutaxassis bilan muzokaralarni boshlagan. Shartnomaning 2024 yilga qadar tuzilishi mumkinligi aytilmoqda.
Galyardo 2014 yildan beri "River Pleyt"ni boshqaradi. Uning qo'l ostida jamoa Argentina chempioni, uch karra mamlakat Kubogi sohibi, shuningdek ikki bor Libertadores Kubogi g'olibiga aylandi.



