Galte Mbappening past o'yin ko'rsatgani sababini aytdi

Mirjalol Normatov
9 apr 2023, 16:58
PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte so'nggi o'yinlarda Kilian Mbappening pastroq o'yin ko'rsatgani sababini aytdi.

Kilian PSJ tarkibidagi so'nggi 5 o'yinida 1 gol urdi.

"Kilian ushbu mavsumdagi 51 yoki 52-uchrashuvida maydonga tushdi. Demak, bazida o'yini chiqmasa ham to'g'ri tushunsa bo'ladi. O'yindan bir kun oldingi mashg'ulotni u yakunlay olmadi. Uning uchrashuvda ishtirok etishi so'roq ostida edi. Ha, u biroz pastroq darajadagi o'yin ko'rsatdi. Ammo u maydonga tushishni istadi. Bu uning xarakterining qanday ekanligini ko'rsatadi.

O'yin u uchun oson o'tmadi. Xatto ertalab ham uning o'yinga tushishi mumkinligini bilmasdik. Uning o'ynash ishtiyoqi kattaligi sababli maydonga tushdi", - dedi Galte.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Paris Fans