Galliani: El-Shaaravi uchun 30 million evro taklif qilishgandi

Milan vice-prezidenti Adriano Galliani klub hujumchisi Stefan El-Shaaraviga takliflar bo'lganini aytib o'tdi.

El-Shaaravi borasida yaxshigina taklif olganimiz haqida hech kimga aytmagandik. Klub nomini aytmayman, ammo bu katta klub edi.

Men bu haqda futbolchining agentiga aytgandim, El-Shaaravi Konfederatsiyalar kubogidan qaytib kelgach men u bilan gaplashib oldim.

Biz uni sotmoqchi emasmiz, shunchaki uning oila a'zolariga taklif bo'lganini aytib qo'ydik holos. Hech nimani yashirishni istamadik.

Undan nima qilmoqchi ekanini so'radim. U Milanda olayotgan maoshi o'zini qoniqtirishini ma'lum qildi.  El-Shaaravi – Milan fanati va hech qaerga ketmoqchi emas.

Taklif qancha miqdorda edi? 30 million evrodan ko'proq, – deydi Galliani.


Manba: sports.ru