
Jamoa boshlig'i Sharofiddin Saidmurodovning championat.asia saytiga xabar berishicha, davralar oralig'ida Solijon Xayrullaev, Shahzod Mannonov, Marat Hoshimov (uchchalasi ham "Xorazm"), Ramziddin To'xtanazarov va Xojiakbar Haydarov ("Paxtakor") jamoani tark etgan.
Yo'qotishlar o'rnini to'ldirish maqsadida va tarkibdagi raqobatni yanada kuchaytirish uchun Registondan Marat Qudratov, Zomindan Jasur Hasanov shuningdek Paxtakor-2dan uch nafar istedodli o'yinchilar taklif etilgan. Futbolchilarni Anvar Almatov va Bahriddin Rahmonqulov shug'ullantirmoqda.
Jamoa rejaga ko'ra, 4 oktyabrga qadar, o'z qarorgohida yig'in o'tkazadi. 5 oktyabr kuni esa Namanganga yo'lga chiqadi.