G'alati: "Zenit" murabbiyi "Krilya Sovetov"ga futbolchi sifatida o'tdi

13 iyul 2019, 14:55
Joriy yil butsasini mixga ilgan hamda murabbiylikka o'tgan Anyukov mazkur faoliyatini ham tugatdi va eski ishiga qaytdi.

Rossiya chempioni "Zenit" safida ko'p yillar o'ynagan himoyachi Aleksandr Anyukov iyun oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qilgandi.

Shundan so'ng Sergey Semak boshqaruvidagi murabbiylar shtabiga yordamsi sifatida ishga kirishgan va murabbiylik faoliyatini boshlagan Anyukov qarorini o'zgartirdi.

"Zenit"ni yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida murabbiy sifatida ishtirok etgan Anyukov futbolchilik faoliyatini qayta tiklashga ahd qildi.

Bunga "Krilya Sovetov" jamoasidan bo'lgan qiziqish sabab bo'lgan. "Zenit"da yordamchi murabbiy sifatida ish boshlagan Anyukov yana mixga ilgan butsalari olib Samaraga yo'l olgan va murabbiylik ishini tugatishni maqul ko'rgan.

Qayd etish kerakki, futbolchi aynan Samarada tug'ilgan va futboldagi ilk qadamlarini "Krilya Sovetov"da qo'ygan.

Anyukov allaqachon Samaraga yetib borgan va yangi jamoasi bilan Rossiya chempionatining dastlabki turi doirasidagi SSKAga qarshi o'yinga taraddud ko'rmoqda.

"Zenit" klubi esa Anyukovga yangi mavsumda futbolchilik faoliyatida omad tilashini maqul qilgan.

Aleksandr Anyukov "Krilya Sovetov"da 22-raqam ostida to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia