Futzal. "Tashkent Cup-2014" ishtirokchilari 30 noyabrda yetib kelishadi

Tolibjon Qosimov
27 noya 2014, 15:34
1-3 dekabr kunlari poytaxtimiz Toshkentda futzal bo'yicha "Tashkent Cup-2014" xalqaro turniri bo'lib o'tishi haqida yozib kelmoqdamiz.
Ushbu turnirda O'zbekiston terma jamoasidan tashqari, Qozog'iston, Ozarbayjon va Belarus terma jamoalari ham qatnashishadi.

Ozarbayjon hamda Belarus terma jamoalari 29 noyabrdan 30 noyabrga o'tar kechasi Toshkentga uchib kelishadi, Qozog'iston terma jamoasi delegaciyasi esa 30 noyabr kuni kunduzgi 10:30da poytaxtimizga yetib keladi.

Mehmon jamoalar "O'zbekiston" mehmonxonasiga joylashishadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia