
"Avvalambor Kolumbiyaga ushbu ajoyib turnir uchun minnatdorchilik bildiraman. Sizga bir narsani aytmoqchiman. Biz o'ynaydigan vaqtda mamlakatimizdagi kasalxonalar, maktablar ishlamay turdi. Ular bizni judayam yaxshi ko'rishadi. Kichik bola va qizlar bizning o'yinimizni ko'rishni istadi. Bu men va jamoadagi boshqalar uchun juda katta kuch beradi va yaxshiroq o'ynashga undaydi. Argentina yoki boshqa terma jamoalar o'yinini futzalchilarning yaqinlari tomosha qilishi mumkin, ammo Solomon orollarida har bir inson ishini to'xtatib, bizning o'yinni ko'radi. Bundan faxrlanamiz va judayam baxtlimiz. Biz uchun natija emas, muxlislar e'tibori muhim. Men Argentina futbol terma jamoasini va Lionel Messini yaxshi ko'raman. Biz ushbu mundialda argentinaliklar bilan o'ynadik va ular bilan yonma-yon turdik. Bu solomonliklar uchun orzu, tarixdir. Siz uchun ularga qarshi o'ynash oddiy narsa bo'lib tuyulishi mumkin, ammo biz uchun bu fantastika. Murabbiylarimiz doimo "qayerdan kelganingizni unutmang" deb aytadi", - deydi jamoa sardori.