Futzal. O'zbekistonning Iroqqa qarshi ikkinchi o'yini boshqa kunga ko'chirildi

Iskandarov Abdulaziz
13 sen 2022, 21:50
Xabaringiz bor, O'zbekiston futzal terma jamoasi joriy yilda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati bahslariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Bahodir Ahmedov shogirdlari Toshkentdagi yig'in doirasida bugun Iroq terma jamoasiga qarshi birinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda vakillarimiz 5:4 hisobida g'alaba qozondi. O'FA matbuot xizmatining xabar berishicha, Iroqqa qarshi kechadigan ikkinchi bahs raqib tomon iltimosiga ko'ra 14 sentyabrdan 15 sentyabrga ko'chirildi. 

O'yin "Yunusobod" yopiq sport majmuasida 18:00da bo'lib o'tadi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia