Futzal: O'zbekiston terma jamoasi ertaga Qirg'iziston bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2015, 16:24
Shu kunlarda Toshkentda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazayotgan Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi ertaga Qirg'iston terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Poytaxt yig'ini davomida 5ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan O'zbekiston terma jamoasi 19, 20 va 21 iyun kunlari Qirg'iziston trema jamoasiga qarshi o'yinlar o'tkazadi.

Bu o'yinlarning dastlabki ikkitasi “O'zbekiston” sport majmuasida 18:00da boshlanadi. Faqat uchinchi o'yin 15:00da boshlanadi.

Takidlash kerakki, iyun oyida Xose Mendez shogirdlari Gruziya bilan ham ikkita o'rtoqlik uchrashui o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz kelasi yilning 9 – 16 fevral kunlari Toshkent futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Chempionatning eng kuchli 4 jamoasi esa Jahon chempionati-2016 yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com