Futzal. O'zbekiston kubogining yarim final va finali 6-7 mayda o'tkaziladi

Tolibjon Qosimov
27 apr 2016, 15:56
XX O'zbekiston kubogining hal qiluvchi bahslarining o'tkazilish sanalari ma'lum bo'ldi.

4-6 aprel kunlari bo'lib o'tgan guruh bahslaridan keyin "A" guruhidan "Kogon", "B" guruhidan esa "Maksam-Chirchiq" jamoalari birinchi o'rin bilan yarim finalga yo'l olgan edi. Kubokning amaldagi finalchilari hisoblangan "Ardus" hamda "Olmaliq" jamoalari esa to'g'ridan-to'g'ri yarim finalga yo'l olishgan edi.
Yarim final o'yinlari 6 may kuni bo'lib o'tsa, final 7 mayga mo'ljallangan. Yarim finalda "Olmaliq" jamoasi "Kogon" bilan bellashsa, "Ardus" va "Maksam-Chirchiq" ikkinchi finalchi kim bo'lishini o'zaro o'yinda aniqlab olishadi.

Quyida XX O'zbekiston kubogi yarim final va final o'yinlari taqvimini keltirib o'tamiz. Barcha o'yinlar "O'zbekiston" sport majmuasida o'tkaziladi.

XX O'zbekiston kubogi
Yarim final
, 06.05.2016

16:00. "Olmaliq" - "Kogon"
18:00. "Ardus" - "Maksam-Chirchiq"

Final
07.05.2016

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston kubogining amaldagi g'olibi "Ardus" hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz