Futzal. O'zbekiston kubogi. Chorak va yarim final o'yinlari 23-24 martda o'tkaziladi

Tolibjon Qosimov
17 mar 2017, 17:12
Futzal bo'yicha XXI O'zbekiston kubogining guruh bellashuvlari 2016 yilning 21-23 dekabr kunlari bo'lib o'tgan edi.

Kubokning chorak va yarim final uchrashuvlari esa shu yilning 23 va 24 mart kunlari Toshkentdagi "O'zbekiston" sport majmuasida o'tkaziladi. 23 martda 1/4 finaldan o'rin olgan to'rt o'yin, 24 martda esa 1/2 final bahslari bo'lib o'tadi.

Chorak finalning birinchi juftligi g'olibi yarim finalda to'rtinchi juftlikka qarshi, ikkinchi juftlik esa uchinchi juftlikda ustun kelgan klubga qarshi to'p tepadi.  

O'zbekiston kubogi
Chorak final, 23.03.2017


1. "Metallurg" - "Kogon"
2. "Do'stlik-AIN" - "Bunyodkor"
3. "Olmaliq" - O'zDTV
4. "Ardus" - O'zsanoatqurilishbank


Yarim final, 24.03.2017

CHF1 g'olibi - CHF4 g'olibi
CHF2 g'olibi - CHF3 g'olibi

Eslatib o'tamiz, mamlakat kubogining amaldagi g'olibi Toshkentning "Ardus" jamoasi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz