Futzal. O'rtoqlik uchrashuvi. Tailand MTJ - "Olmaliq" 5:1

Tolibjon Qosimov
14 iyul 2016, 10:54
Futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga yo'l olgan O'zbekiston chempioni "Olmaliq" kecha Tailand milliy terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi.

Olmaliqliklar rasmiy sayti bergan ma'lumotga ko'ra jamoa tarkibida faqatgina Xurshid Umaraliev kichik jarohati sabab o'yinda ishtirok eta olmagan. Hujumkor o'yinda tailandliklarning qo'li baland keldi - 5:1. E'tiborga molik tomoni, Tailand terma jamoasini ayni paytda ispaniyalik mutaxassis Migel Rodrigo boshqarmoqda. Ushbu murabbiy Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida Yaponiya terma jamoasini boshqargan edi.

O'rtoqlik uchrashuvi

Bangkok, "Sports Authority Gymnasium"

Tailand MTJ - "Olmaliq" 5:1

Gollar: Pxukan 6, Vanlop 16, Varut 26, Vivat 28, Kirati 35 - Andrey Shlema 19


Uchrashuvdan keyin Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi Migel Rodrigo o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Olmaliq" klubiga qarshi o'yinda shogirdlarimning harakatlaridan qoniqdim. Biz bor yo'g'i bir necha kun tayyorgarlik ko'rdik. Jamoamizda super yulduzlar yo'q, bu jamoaviy o'yinni rivojlantirishimizga xizmat qiladigan omil. Bunday holatda jamoa sanoqli o'yinchilarga tayanib qolmaydi", - deya ta'kidlab o'tgan Migel Rodrigo.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia