Futzal. Oliy liga, yarim final. "Ardus" qo'shimcha bo'limlarda g'alaba qozondi

Tolibjon Qosimov
12 apr 2017, 18:57
Bugun futzal bo'yicha XXI milliy chempionat yarim final uchrashuvlariga start berildi.

1/2 finalning ikkinchi bahsida Qarshining "Do'stlik-AIN" va Toshkentning "Ardus" jamoalari o'zaro bellashishdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 5 daqiqadan iborat ikkita qo'shimcha bo'limlarda esa "Ardus" g'alabani qo'lga kiritdi.

Oliy liga
Yarim final

12.04.2017, "O'zbekiston" sport majmuasi

"Do'stlik-AIN" - "Ardus" 4:5
Gollar:
B.Baratov 17, 26, A.Aminov 22 (avt.), F.Faxriddinov 46 - D.Choriev 18, A.Umarjonov 18, D.Shavkatov 28, D.Abdurahmonov 45 (pen.), T.Berdiev 45

"Do'stlik-AIN" (birinchi beshlik): Akmal Xazratqulov, Oybek Polvonov, Sherzod Mustafoev, Baxtiyor Baratov, Alisher Ibragimov.
Zaxira: Abubakir Usmon, Alisher Yusupov, Shahboz Ahmedov, Samandar Ochilov, Ulug'bek Boymamatov, Feruz Faxriddinov.

"Ardus" (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Davron Choriev, Dilmurod Shavkatov, Mashrab Odilov, Alan Aminov.
Zaxira: Shavkat Ibragimov, Akbar Usmonov, Davron Abdurahmonov, Xushnur Erkinov, Ilhom Xamroev, Axror Umarjonov, Temur Berdiev, Anasxon Rahmatov, Said Rizo Mirsharofov, Shohjahon Shonazarov, Asli Muhammadiev.

Ogohlantirishlar: A.Yusupov 14, A.Xazratqulov 45 - D.Choriev 26



O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia