Futzal. JCH-2016. Misr Italiyani mag'lub etdi va chorak finalga chiqdi

Tolibjon Qosimov
23 sen 2016, 07:58
Futzal bo'yicha Jahon chempionatining nimchorak final bahslari davom etmoqda.

Italiya hamda Misr terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvning asosiy vaqti 3:3 hisobi bilan yakuniga etdi. Qo'shimcha bo'limlarda esa mana shu mundialning dastlabki golini kiritgan misrlik Abdulrahmon Elashval jamoasini chorak finalga olib chiqqan golga mualliflik qildi.

JCH-2016
Nimchorak final

23.09.2016, 06:00
Kali, "Kolizeo el Pueblo"

Italiya - Misr 3:4
Gollar:
Murilo 7, 35, Erkolessi 20 - A.Elashval 7, 19, 48, Essam 34
Amalga oshirilmagan dabl penalti: M.Eid 17 (Misr)

Italiya (birinchi beshlik): Mammarella, Lima, Leggiero, Fortino, Merlim.
Zaxira: Miarelli, Molitierno, Erkolessi, Romano, Xonorio, Sezaroni, Dos Santos, Giasson, Murilo.

Misr (birinchi beshlik): Jamal, A.Elashval, I.Eika, M.Nader, A.Moza.
Zaxira: M.Abdullatif, A.Homos, Essam, Mizo, M.Mido, S.Bedir, M.Eid, Salah, Saber.

Ogohlantirishlar: Lima 33 - Salah 14, Moza 37

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia