Futzal jamoalariga ochiq havoda mashg'ulot o'tkazishga ruxsat berildi

Tolibjon Qosimov
4 iyun 2020, 18:58
Ma'lumki, joriy yil 16 martdan rejalashtirilgan barcha futbol musobaqalari, musobaqalarga tayyorgarlik mashg'ulotlari va tadbirlari koronavirus infekciyasiga barham berilguniga yoki Respublika maxsus komissiyasi tomonidan musobaqalarni o'tkazishga ruxsat etilguniga qadar vaqtincha to'xtatilgan edi.

Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 29 maydagi 26-sonli yig'ilish bayoniga asosan professional futbol klublariga o'z o'quv-mashg'ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq holda boshlashiga hamda joriy yil 5 iyun kunidan O'zbekiston Professional futbol ligasi chempionatlarini davom ettirilishiga rasman ruxsat berilgan edi.

4 iyun sanasidan O'zPFL tasarrufidagi barcha futzal jamoalariga ochiq havoda sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga qatiy rioya qilgan holda mashg'ulotlarni boshlashga ruxsat etildi.

Futzal jamoalariga yopiq sport inshootlarida shug'ullanishga va musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat berilguniga qadar ochiq havodagi futbol maydonlarida vaqtincha mashg'ulot o'tkazib turishlari tavsiya etiladi.



Eslatib o'tamiz, hozircha futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatida "Paxtakor" jamoasi 3 o'yinda 100 foizlik natija qayd etgan holda peshqadamlik qilib turibdi.

Futzalimizni etim qilib qo'ymang!

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz