Futzal. Bugun O'zbekiston Ispaniyaga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
19 avg 2021, 13:16
Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston terma jamoasi Madridda yig'inni davom ettirmoqda.

Ushbu yig'in doirasida Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz Ispaniyaga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Bugungi bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi. 

Eslatib o'tamiz, 15 avgust kuni o'tkazilgan ilk uchrashuvda Ispaniya kichik, 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia