Futzal bo'yicha Oliy liganing 2021/22 yilgi mavsumiga qur'a tashlandi

Aslanov Jasurbek
4 okt 2021, 20:47
Dastlabki tur o'yinlari 9–14 oktyabr kunlari Farg'onada o'tkaziladi.

Futzal bo'yicha O'zbekiston Oliy ligasining 2021/22 yilgi mavsumiga qur'a tashlandi. Vodiyda o'tadigan dastlabki tur bahslari olti kun davomida tashkil etiladi. Bunda har kuni 3 tadan uchrashuv o'tkazish rejalashtirilgan. O'yinlar 15:00, 17:30 hamda 20:00 da start oladi. Ilk tur uchrashuvlariga Farg'onadagi "Samo" sport kompleksi mezbonlik qiladi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfl.uz