

Bu haqda u Fransiya televideniyasi efirida to'xtalib o'tdi.
2006 yili Salim “Rubin” bilan shartnomaga imzo chekkan. Ammo aslida u bundanda yaxshiroq shartnomaga ega bo'lish ham mumkin edi. O'shanda mashhur futbol agenti Jorje Mendesh tunislik futbolchiga uning oldida ikkita yo'l turganini taqidlab, biri “Rubin” bilan uch yillik shartnomaga imzo chekish, ikkinchisi “Sporting” bilan bir yillik kelishuv taklifi borligini ma'lum qilgan. Agent futbolchi faoliyatining xavfsizligi nuqtayi nazaridan Rossiya jamoasini tanlaganini aytib o'tgan. Salim “Rubin”ga o'tgach, oradan biroz vaqt o'tib, Benashurga “Sporting” ustozi Paulu Bentu qo'ng'iroq qilib, nima sababdan “Sporting” taklifidan voz kechib, “Rubin”ni tanlagani haqida so'ragan. Aynan Bentu bilan suhbatdan ma'lum bo'lishicha, aslida Portugaliya jamoasi Benashurga 25-30 ming evrolik maosh bilan birga uch yillik shartnoma taklif qilgan. Keyinchalik Salim Benashur “Rubin”dan o'zining transferiga oid hujjatlarni so'rab surishitirib bilishicha, uning transferi orqali Mendesh o'zining Kayman orollarida ruyxatdan o'tgan “Gestifute” kompaniyasiga hisobiga 500 ming evro tushirishga muvaffaq bo'lgan.
Benashur 2006-07 yillarda “Rubin” sharafini himoya qilib jamoa tarkibida 23 ta uchrashuvda 3 ta gol kiritgan. Keyinchalik Quvaytning “Al Qodisiya” jamoasi tarkibiga borib qo'shilgan.



