Futbol kuni: Dahshatli o'yinlar kollekciyasi

27 mar 2018, 15:27
FIFA kuni munosabati bilan bugun bir qator qiziqarli va markaziy maqomidagi to'qnashuvlar bo'lib o'tadi.

Diqqat markazimizda bo'ladigan muhim o'yin Kasablankada bo'lib o'tadi. O'zbekiston terma jamoasi Afrikaning eng kuchli jamoalari qatorida boradigan Marokash bilan o'rtoqlik uchrashuvida kuch sinashadi. Bunga qadar terma jamoamiz Senegal bilan durang qayd etgandi. Marokash esa biz bilan uchrashuv oldidan Serbiyaga qarshi o'ynadi va g'alaba qozondi. Umid qilamizki, bugungi bahsda ham terma jamoamiz kuchli raqibga qarshi munosib o'yin ko'rsatadi.

Yevropada ham bugun bir qator e'tiborga molik to'qnashuvlar guvohiga aylanamiz. JCH-2018 mezboni Rossiya terma jamoasi Fransiyani mehmon qiladi.

Berlinda esa Germaniya hamda Braziliya terma jamoalari o'zaro kuch sinashishadi. Ushbu principial qarama-qarshilik muxlislarda har doim katta qiziqish uyg'otib kelgan. Braziliya esa o'tgan mundialdagi sharmandali mag'lubiyat uchun norasmiy revansh olish imkoniyatidan foydalanib ko'rishga urinib ko'rishi aniq. Shu boisdan ham Germaniya - Braziliya uchrashuvi qiymati yanada yuqori.

Angliyada esa o'tgan bahsda Argentinadan mag'lub bo'lgan Italiya mehmon bo'ladi. Mundialga taraddud ko'rayotgan angliyaliklar Jahon chempionatisiz qolgan "moviy gvardiya"ni sinovdan o'tkazishadi.

JCHda g'oliblik uchun kurashadigan Ispaniya va Argentina esa Madridda ajoyib spektakl namoyish etishadi.

Osiyo jamoalaridan Eron mundialga tayyorgarlik doirasida bugun Jazoir terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Janubiy Koreya Robert Levandovski to'p tepadigan Polsha bilan bahs boylaydi. Saudiya Arabistoni esa Belgiya terma jamoasiga qarshi to'p suradi. Yaponiya terma jamoasi Ukraina bilan o'rtoqlik uchrashuvida duch keladi. Mundialda osiyoning beshinchi jamoasi sifatida yo'l olgan Avstraliya terma jamoasi o'tgan safar Frnciyani ranjitgan Kolumbiya bilan to'qnash keladi.

Bugungi qiziqarli va muhim uchrashuvlar jadvali quyidagicha

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia