Futbol afsonasi Pele shifoxonaga yotqizildi

Aslanov Jasurbek
1 sen 2021, 19:16
Braziliyalik afsonaviy futbolchi Pele shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Aniqlik kiritilishicha, Pele San-Paulu shahridagi Albert Eynshteyn shifoxonasining jonlantirish bo'limiga yotqizilgan. 80 yoshli sportchining hushidan ketgani aytilgan.

Keyinroq sportchi tvitter sahifasida hushini yo'qotmagani va o'zini yaxshi his qilayotganini ma'lum qilgan. U koronavirus pandemiyasi tufayli tibbiy tekshiruvdan o'tayotganini takidlagan.

Pele "Santos" va "Nyu-York Kosmos"dagi o'yinlari bilan mashhur. Braziliya terma jamoasi tarkibida hujumchi uch marta jahon chempionligini qo'lga kiritgan, shuningdek, FIFA tomonidan o'tgan asrning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: O Dia