

- Natijaga javob beradigan murabbiy bor. Nimaga bunday bo'lganligi haqida endi u javob berishi kerak. Nega "Paxtakor"ning futbolchilari termadan ko'payib ketdi? Yigitlar esa o'yinga tayyor emas edi. Masalan, jarohati tufayli ko'p uchrashuvlarda o'ynamagan o'yinchini asosiy tarkibga tushirdi. O'yin amaliyotisiz qolgan futbolchilar maydonga tushirganidan keyin natija ham shunga yarasha bo'ladi-da!
Endi nima qilish kerak? Hozir bu haqda gapirsam unisi yoki bunisi oyog'imga bolta urishadi. O'zi shundoq ham to'g'risini gapirganim uchun hech qayerda ishlayotganim yo'q. Har qanday murabbiy ham xato qiladi. Mana, Mourinyo ham xato qildi. "Chelsi"dan ketgach uning o'rniga Xiddink keldi. Natija asta-sekin yaxshilanayapti. Xo'sh bu nimaning hisobiga? Demak, bu vaziyatda ko'proq murabbiy aybdor. Xorij klublarning yutuqlari yoki kamchiliklari haqida og'iz ko'pirtirib gapiramizu, lekin o'zimiznikiga kelganida oqsab qolayapmiz. Biz avval o'zimiznikini eplab olishimiz darkor, - deydi Furqat Esonboev.



