Frenk Lempard - APL shon-sharaf zaliga kirgan 5-o'yinchi

Alisher
19 may 2021, 13:40
"Vest Xem", "Chelsi" va "Manchester Siti" sobiq o'yinchisi Frenk Lempard APL shon-sharaf zaliga kirgan beshinchi o'yinchi bo'ldi.

Oldinroq Zaldan Alan Shirer, Terri Anri, Erik Kantona va Roy Kin o'rin olgan edi.

Lempard APLda 3ta chempionlik titul yutgan va 177ta gol urgan. Bu yarim himoyachilar uchun turnirdagi rekord natijadir.

Lempard "Chelsi"da 2001-2014 yillar davomida 13ta mavsum o'tkazdi. Zalning yangi ishtirokchilari ushbu haftada e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: premierleague.com