Fransiyalik murabbiy chempionlik medalini aukcionga qo'ydi

5 apr 2020, 00:34
"L'Équipe" xabariga ko'ra, "Nant" klubi sobiq murabbiyi Reynald Denueks Fransiya chempionatidagi g'alabasi uchun taqdim qilingan medalni kim oshdi savdosiga qo'ygan.

Mazkur mutaxassis boshchiligidagi "Nant" jamoasi 2000/2001 yilgi mavsumda chempionlik unvonini qo'lga kiritgandi.

Denueks chempionlik medalini 3 aprel kuni akcionga qo'ygan. Savdodan tushgan mablag' koronavirus bilan kurashayotgan tibbiyot xodimlariga yordam berish uchun yo'naltiriladi. Savdolar 6 aprelga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: L'Équipe