Fransiyada futbol to'xtatildi. CHLda qatnashuvchi PSJ nima qiladi?

Alisher
29 apr 2020, 12:57
Klub evrokubokdan voz kecha olmaydi.

Oldinroq, Fransiyada chempionat muddatidan oldin yakunlangan edi. PSJ rahbari Nosir Al Xelayfi jamoaning Chempionlar Ligasiga tayyorlanishini aytdi. Parijliklar ushbu musobaqada "Borussiya" (Dortmund)ni enggan holda, chorak finalga yo'l olishgan edi.

"Fransiyada o'ynashning iloji yo'q ekan, unda boshqa davlatda o'ynaymiz. Biz francuz hukumati qarorini hurmat qilamiz. Shu bilan birgalikda, biz Chempionlar Ligasida o'ynashni rejalashtiryapmiz", - deydi Al Xelayfi.

Chempionlar Ligasi avgustdda davom ettirilishi rejalashtirilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport