Fransiya termasi himoyachisi JCH-2018ni o'tkazib yuborishi mumkin

Mirjalol Normatov
17 apr 2018, 21:09
"Monako" va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Jibril Sidibe o'ng oyog'i tizzasidan jiddiy jarohat oldi.

25 yoshli futbolchi JCH-2018ni o'tkazib yuborishi mumkinligi aytilmoqda. Uning qachon va qancha vaqt davomida tiklanishi aytilmagan.

Bu mavsumda Sidibe "Monako" tarkibida 33 uchrashuvda maydonga tushib, 3 gol urdi va 7 bora golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: soccernews.ru