Fransiya terma jamoasining yana bir futbolchisi Germaniya bilan o'ynamasligi mumkin

Aslanov Jasurbek
13 noya 2017, 11:52
"Arsenal" va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Loran Kselnining Germaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishi so'roq ostida turibdi.

Koselni Uelsga qarshi nazorat uchrashuvida (2:0) 90 daqiqa o'ynadi, ammo mashg'ulotda jarohat oldi. Bugun fransiyaliklar navbatdagi mashg'ulotni o'tkazishadi va jamoa shifokorlari Koselni maydonga tushishi yoki tushmasligini aniqlashadi.

Germaniya - Fransiya uchrashuvi 14 noyabr kuni Kyolnda bo'lib o'tadi.

Oldinroq, Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru shikastlanish tufayli Germaniyaga qarshi o'ynamasligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Eurosport.fr