
Mamlakatdagi iqtisiodiy inqiroz televizion translyatsiyalar sotuvidan tushadigan foydani kamayishiga olib keldi. Shu munosabat bilan Fransiya Professional Futbol Ligasi ayrim o'zgarishlarni amalga oshirishga qaror qildi. Ulardan eng asosiysi Fransiya birinchi ligasi ishtirokchilari sonini ikkitaga kamaytirish bo'ladi. Undan tashqari mavsum yakuniga ko'ra quyi ligaga uchta emas, ikki jamoa tushib ketadigan bo'ladi.