Fransiya chempionati. PSJga g'alaba uchun to'rtta gol kamlik qildi

15 fev 2020, 23:36
Fransiya chempionati 25-tur bahslari davom etadi.

Mazkur tur doirasida chempionat karvonboshisi "Amen" maydoniga safar uyushtirdi. Uchrashuv dramatik ruhda o'tdi. Dastlab mezbonlar 3ta to'p farqi bilan oldinga chiqb olishdi. Shundan so'ng parijliklar iroda ko'rsatdi. 4ta gol urib, hisobda oldinga chiqib olgan PSJ futbolchilari endi 3 ochko ishlari aniqdek edi. Biroq 90+1-daqiqada Mezbonlar muvozanatni tiklab, durangga erishshdi.

Musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.  

Fransiya chempionati

25-tur


Amen – PSJ 4:4 

15 fevral, 21.30, Likorn

Gollar:

1:0 – 5 Girassi, 2:0 – 29 Kakuta, 3:0 – 40 Diabate, 3:1 – 45 Errera, 3:2 – 60 Kuassi, 3:3 – 65 Kuassi, 3:4 – 74 Ikardi, 4:4 – 90+1 Girassi.

Amen – Gyurtner, Shedju, Kalabrezi (Jalle, 79), Opoku, Aleesami, Kakuta, Blen, Otero (Kornett, 78), Zungu, Diabate (Mbenza, 84), Girassi.

PSJ – Navas, Bakker, Tiago Silva (Markinos, 46), Kuassi, Guye (Verratti, 46), Errera, Paredes (Bernat, 61), Draksler, Di Mariya, Ikardi, Kavani.

Ogohlantirishlar:

Bakker (49), Blen (71), Kakuta (81), Girassi (90), Verratti (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia