Fransiya chempionati. “PSJ” so'nggi daqiqalarda gol urib, g'olib chiqdi

Aslanov Jasurbek
19 apr 2017, 01:45
Fransiya chempionatining 31-turining qoldirilgan uchrashuvida PSJ safarda qiyin g'alabani qo'lga kiritdi.

“Metc”ga qarshi kechgan bahsning birinchi bo'limida Kavani va Matyuidi to'p kiritib, guyoki parijliklarning oson g'alaba qozonishlariga zamin yaratgandi. Ammo maydon egalari 78- va 88-daqiqalarda ikkita to'p kiritib, muvozanatni tiklashdi. Ammo uchrashuvning hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarida qanotdan uzatilgan to'pni Matyuidi boshi bilan “Metc” darvozasiga aniq yo'llab, jamoasiga muhim uch ochko keltirdi.

Chempionat Francii

31-y tur

Qoldirilgan uchrashuv.

Metc – PSJ 2:3 (0:2, 2:1)

Gollar: 0:1 – 33 Kavani, 0:2 – 36 Matyuidi, 1:2 – 78 Juffre, 2:2 – 88 Diabate, 2:3 – 90 Matyuidi.

Metc – Kavasima, Bishevac, Milan, Rivere, Diane, Lejen (Sarr, 63), Filipps, Ngette, Dukure (Juffre, 76), Yudol, Erdinch (Diabate, 72).

PSJ –Trapp, Markinos, Maksvell, Mene, Kimpembe, Matyuidi, Motta, Lukas Moura (Gonsalu Gedesh, 76), Verratti, Di Mariya (Pastore, 61), Kavani.

Ogohlantirish: Diane (42), Kimpembe (90).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia