Fransiya chempionati. “Monako” yana mag'lub bo'ldi va boshqa natijalar

27 yanv 2019, 08:28
Fransiya chempionatining 22-turidan o'rin olgan bir qator uchrashuvlar o'tkazildi.

Uch oylik tanaffusdan keyin yana o'z jamoasiga qaytgan Jardim boshchiligidagi “Monako” bu gal ham muxlislarni xafa qildi. Safarda “Dijon”ga qarshi bellashuvda mamlakat vice-chempionlari navbatdagi mag'lubiyat alamini tatib ko'rishdi. 

Fransiya chempionati.

22- tur.

Dijon – Monako 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 24 Kvon Chxan Xun, 2:0 – 69 Sliti.

Dijon – Allen, Shafik, Yambere, Lotoa, Xaddadi, Mare, Abed, Kvon Chxan Xun (Keyta, 82), Sliti (Balmon, 81), Said, Tavaresh.

Monako – Subashich, Glik, Naldo, Badiashile, Sidibe, Fabregas (Golovin, 68), Xenrixs (Silla, 84), Tilemans (Venker, 68), Ballo, Roni Lopesh, Falkao.

Ogohlantirish:Tilemans (49), Xenrixs (62), Said (79), Xaddadi (90), Lotoa (90).

Chetlatish: Naldo (60).