

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:00da 4 ta bahs parallel tarzda boshlanadi.
23:00, 24 avgust
Amen - Nant
Dijon - Bordo
Anje - Metc
Brest - Reyms
Ertaga yana 3 ta o'yin bor. Bu kuni "Monako" va PSJ o'z o'yinlarini o'tkazishadi.
Monako - Nim (18:00)
Strasburg - Renn (20:00)
PSJ - Tuluza (22:00)
Qolgan o'yinlar 27 va 28 avgust kunlari bo'lib o'tadi.
Monpele - Lion
Lill - Sent-Eten
Nicca - Marsel
PSJ - Tuluza
Parijliklar ilk turda "Nim"ni yirik 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib mavsumni ishonchli boshlashdi. Ushbu o'yinda Kavani, Mbappe va Di Mariyalar o'z hisoblariga bittadan gol yozdirib qo'yishdi. Ikkinchi turda esa "Renn" mehmoni bo'lgan Tomas Tuxel shogirdlariga biroz omad yetishmadi. Zero, uchrashuvning 36-daqiqasida Edinson Kavani hisobni ochib PSJni oldinga olib chiqqandi. Lekin, 44 va 48-daqiqalarda o'tkazib yuborilgan ikki gol mehmonlarga qimmatga tushdi. Ikkita turdan so'ng Parij jamoasi 1 ta g'alaba, 1 ta mag'lubiyat (to'plar nisbati 4:2) qayd etib 8-o'rinda borishmoqda. "Tuluza"ning hisobida 4 ochko mavjud va ular 7-pog'onanini band etishgan.
3-tur, Liga 1
PSJ - Tuluza
25 avgust, yakshanba. 23:55
Stadion: Park de Prens (Parij, Fransiya), sig'imi: 48713
Bosh hakam: Jerom Brizar (Fransiya);
Assistent: Fransua Budikiyan (Fransiya);
Assistent: Benjamen Paje (Fransiya);
Zaxira hakami: Terri Buye (Fransiya).

Jamolarning oxirgi ikki o'yinida PSJ bir xil 1:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'yinlar Liga 1ning o'tgan mavsumida o'tkazilgandi. Kelayotgan bahsda Tilo Kerer (PSJ), Agustin Roxel, Yaya Sanogo (ikkalasi - "Tuluza") jarohati tufayli maydonga tusha olishmaydi.
"Monpele"ni jiddiy imtihon kutib turibdi
27 avgust seshanba oqshomida o'tkaziladigan o'yinda yaqqol favorit "Lion" jamoasi. Ushbu klubning ikkita asosiy hujumchisi hozirda Fransiya chempionati to'purari bo'lib turishibdi. Gap Mussa Dembele va Memfis Depay haqida ketmoqda. Ular jamoaning 9 ta golidan 6tasiga mualliflik qilishgan. Birinchi turda safarda "Monako" maydonida 3:0 hisobida g'alaba qozongan Silvino bolalari, ikkinchi turda "Anje" klubiga ketma-ket oltita golni mixlab qo'yishdi. "Monpele" esa 2 ta turdan keyin 1 ochko bilan 15-o'rindan joy olishgan.
3-tur, Liga 1
Monpele - Lion
27 avgust, seshanba. 22:00
Stadion: Stad de la Mosson (Monpele, Fransiya), sig'imi: 32900
Bosh hakam: Mikael Lesaj (Fransiya);
Assistent: Xyuseyin Odjak (Fransiya);
Assistent: Jyulen Ob (Fransiya);
Zaxira hakami: Antuan Valne (Fransiya)

Jarohat olgan futbolchilar: Fakundo Piris ("Monpele")
O'tgan mavsum "Stad de la Mosson" stadionida 1:1 hisobi qayd etilgan. Ikkinchi davrada esa "Lion" mehmonlarni qiyinchilik bilan enggan - 3:2.
Fransiya chempionati turnir jadvali, 2-turdan so'ng




