Fozil Musaev to'liq o'ynadi, "Al Muayzir" durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
7 dek 2013, 19:03
Kecha Qatar yulduzlar ligasida 11-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Fozil Musaev to'p tepayotgan "Al Muayzir" klubi safarda "Al Xor" mehmoni bo'ldi. O'yinda 0:0 hisobi qayd etildi.

Uchrashuvda Fozil Musaev doimgidek to'liq 90 daqiqa davomida harakat qildi. "Al Muayzir" 11ta turdan so'ng 8 ochko bilan musobaqa jadvalining 13-pog'onasida bormoqda.

Klub navbatdagi o'yinni 10 dekabr kuni safarda "Al Sayliya"ga qarshi o'tkazadi.

"Al Xor" - "Al Muayzir" 0:0

Qatar yulduzlar ligasi musobaqa jadvali

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia