

Oxirgi yillarda Eronning "Sepaxon" klubi sharafini himoya qilib Eron chempioni bo'lgan Musaev Qarshining "Nasaf" klubiga qaytdi. Futbolchi 2007-2008 va 2011-2012 yillarda aynan "ajdarlar" sharafini himoya qilgandi.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Fozil Musaev bugun Qarshi shahriga borib "Nasaf" bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda rasmiy xabar yaqin orada e'lon qilinishi kutilmoqda.



