"Fotomac": "Arveladze "Fenerbaxche"ning o'yinini VIP-lojadan kuzatib bordi"

Mirjalol Normatov
6 yanv 2021, 02:08
4 yanvar kuni Turkiya chempionatining 16-turi doirasida "Qosimposho" - "Fenerbaxche" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Fotomac" nashrining yozishicha, ushbu o'yinni "Paxtakor" sobiq bosh murabbiyi Shota Arveladze VIP-lojadan kuzatib borgan. Oldinroq chiqqan xabarlarga ko'ra, uning "Fenerbaxche"ga bosh murabbiy bo'lishi mumkinligi aytilgandi.

O'z navbatida "Qosimposho" klubi rahbarlari ham Shota Arveladzeni jamoaga qaytarishni niyat qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Fotomac