Fotofakt. Babayan Dubayda "Spartak" mashg'ulotlarini kuzatmoqda

Xayrulla Xoliqov
11 yanv 2018
O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Toshkentda bo'lib o'tgan Janubiy Koreyaga qarshi o'yindan beri ko'rinish bermagandi.

Ma'lum bo'lishicha, shu kunlarda Samvel Babayan Moskaning "Spartak" klubi mashg'ulotlarini kuzatmoqda. Dubayda yig'in o'tkazayotgan "Spartak" mashg'ulotiga Samvel Babayan bilan birga Grigoriy Kolosovskiy ham tashrif buyurgan.

Natijada ularni klub fotografi suratga olib, rasmni klub saytiga joyladi. Moskvaliklar "Jebel Ali" sport kompleksida mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda. Ular 18 yanvar kuni Odil Ahmedov jamoasi "Shanxay SIPG" bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi.

Kim biladi deysiz, balki Babayan "Spartak" bosh murabbiyi Massimo Karrera bilan tanishib, futbol borasida o'zaro fikr almashgan bo'lishlari mumkin.



Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: spartak.com