FNL. Norchaev jamoasi qo'shib berilgan daqiqalarda urilgan gol evaziga g'alabaga erishdi

Aslanov Jasurbek
22 apr 2023, 20:20
Rossiyaning ikkinchi darajali chempionati 28-turidan o'rin olgan "Shinnik" - "Alaniya" bahsi yakuniga etdi.

Bahs 0:1 hisobida mehmonlarning g'alabasi bilan yakun topdi. Uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalarda Gurciev o'z jamoasi uchun muhim golni kiritib, g'alabani olib berdi.

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi, "Alaniya" vakili Husayn Norchaev 59-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

"Shinnik" - "Alaniya" 0:1

Gol: Gurciev 90+.

"Alaniya": Soldatenko, Kochiev, Butaev, Shavloxov (Xadarcev 89), Xosonov, Tarba (Galoyan 59), Caraev (Xabalov 79), Mashukov (NORCHAEV 59), Mazurin (Gurciev 59), Giorgobiani, Bagaev.

MFL TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia