Flik: "Asosiy e'tiborni Messiga qaratmoqchi emasmiz. O'zimizning kuchli tomonlarimizni ko'rsatmoqchimiz”

9 avg 2020, 07:26
“Bavariya” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik YCHL chorak finalida “Barselona”ga qarshi kechadigan bahs haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, myunxenliklar 1/8 finaldda ikki o'yin natijasiga ko'ra “Chelsi”ni 7:1 hisobida taslim etishdi.

“Boshqa jamoalarga ko'rgan tayyorgarligimiz singari “Barselona”ga qarshi bahsga ham munosib tayyorgarlik ko'ramiz. O'zimizning kuchli tomonlarimizni yana bir marotaba ko'rsatib qo'ymoqchimiz. Bor imkoniyatlarimizni ishga solib, sifatli o'yin namoyish etish niyatidamiz.

Faqat Messiga emas, raqibning har bir  futbolchisiga e'tiborli bo'lishimiz talab etiladi”, dedi Flik.

O'xshash yangiliklar


Manba: УЕФА расмий сайти