Flik: "Germaniya terma jamoasining maqsadi - jahon futbolining cho'qqisiga qaytish"

Alisher
11 avg 2021, 13:44
Germaniya terma jamoasi yangi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "bundestim"ning kelajagi haqida gapirdi.

"Bizning asosiy maqsadimiz - jahon futboli cho'qqisiga qaytish. Albatta, bu oson bo'lmaydi, ammo jamoamiz tezlik olmoqda. Bizda mahoratli ijrochilar etarlicha.

Albatta, biz hozirda barchadan kuchli bo'la olmaymiz, ammo bu uchun maksimum kuchni tashlaymiz. Asta-sekin maqsad sari intilamiz", - deydi mutaxassis.

Flik milliy jamoani yozda qabul qilib oldi. Uning Germaniya futbol federatsiyasi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning iyuliga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal